
“Radarlarni qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanmaydi” — YHXX
12 ballik jarima tizimi qoidabuzarlik YPX xodimi tomonidan qayd etilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan hollardagina amal qiladi. Ichki ishlar vazirligi ko‘cha kameralari va radarlar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar jarima ballari hisoblanmasligini ma’lum qildi.