Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni O‘zbekiston prokuraturasi Toshkent viloyatida ikki noma’lum shaxs Range Rover avtomobilini o‘qqa tutgani haqida xabar bergandi. Salonda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov bo‘lgan.
“Yomg‘ir yog‘ayotgandi, qorong‘i edi, hech narsani ko‘rmadim. Balki bu temir yo‘l chiroqlaridagi qisqa tutashuvdir, deb o‘yladim, — deb eslaydi Allamjonov. Keyin mashinaga to‘rtta o‘q tegdi. Men haydovchiga aytdim... Gazni bos!”
Mashina orqaga qaytib, yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik Allamjonov hujum qiluvchining quroli — eski Kalashnikov avtomati tiqilib qolganini bilib qoldi. Uning Financial Times nashriga aytishicha, bu uning tirik qolishining eng yaxshi izohi.
Allamjonovning tan olishicha, hujum unga katta shok bo‘lgan va u hech qachon “kimdir bunga qodir” deb o‘ylamagan.