25-fevral kuni AOKAda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.
Matbuot anjumanida vazirlik vakilining ta’kidlashicha, 12 ballik tizim faqatgina YHXB xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnomalar asosida hisoblanadi. Ko‘cha kameralari va radarlar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar jarima ballari hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-fevral kuni tegishli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandi.
Agar yil davomida to‘plangan jarima ballari 12 balldan oshsa, qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi oxirgi qoidabuzarlik uchun transport vositalarini boshqarish huquqidan belgilangan tartibda mahrum qilinadi. Belgilanishicha, bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lishi mumkin emas.