Oʻzbekiston poytaxtdan yirik shaharlarga qatnaydigan 40 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qiladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 40 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish boʻyicha tender eʼlon qildi. Yangi tarkiblardan poytaxtni yaqin atrofdagi yirik shaharlar bilan bogʻlash uchun foydalaniladi. Angren, Bekobod, Keles, Xoʻjakent va Jizzax shaharlari asosiy yoʻnalishlar etib belgilandi.