Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya O‘zbekiston parlamentiga tekshiruv yakunlari bo‘yicha hisobot berdi
Qoraqalpog‘istonda 2022-yil iyul oyida sodir bo‘lgan voqea va faktlarni o‘rganish bo‘yicha komissiya O‘zbekiston parlamentiga hisobot taqdim etdi. Komissiya a’zolari davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlariga ham baho berdi.