
OTB Oʻzbekiston suv resurslarini modernizatsiya qilish uchun $125 mln ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga suv resurslarini boshqarishni modernizatsiya qilish uchun 125 million dollar ajratdi. Mablagʻlar suv xoʻjaligini raqamlashtirish, aktivlarni inventarizatsiya qilish va moliyaviy shaffofligini oshirishga yoʻnaltiriladi. Loyiha, shuningdek, mutaxassislarni oʻqitish va suv taʼminoti korxonalarining energiya sarfini kamaytirishni oʻz ichiga oladi.