Uchta xorijiy aviakompaniya Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi
“Oʻzaviatsiya” agentligi uchta xorijiy aviakompaniyaga Oʻzbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi. 3-fevraldan boshlab Malayziyaning AirAsia X Berhad va Janubiy Koreyaning Tʼway Air aviakompaniyalari Toshkentga parvozlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi, 4-fevral kuni esa Misrning Red Sea Airlines aviakompaniyasi ham xuddi shunday ruxsat oldi.