Musulmonlar idorasi to‘ylar va ziyoratchilarni kutib olish marosimlari dabdabali bo‘lib ketayotganini tanqid qildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi to‘y, ma’raka va oilaviy tantanalar uchun haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflanayotganini tanqid qildi. Muftiy islom dini isrofgarchilikni qoralashini eslatdi. U musulmonlarni tantanalarni sipolik bilan o‘tkazishga, mablag‘larni muhtojlarga yordamga yo‘naltirishga chaqirdi.