Urdi, pichoq bilan poʻpisa qildi va gʻoyib boʻldi: ayol sobiq erining shafqatsiz hujumidan omon qoldi
7-fevral kuni tong saharda ayol oʻz uyida sobiq turmush oʻrtogʻi tomonidan vahshiylarcha kaltaklandi. Erkak unga pichoq bilan tahdid qilib, boʻgʻib, qochishga urinishiga toʻsqinlik qildi. IIB'ga murojaat qilinganidan soʻng u mamlakatni tark etganini va sodir boʻlgan voqeaga aloqasi yoʻqligini bildirdi.