Qanot Sharq ishlab chiqarish zarurati tufayli yanvar-mart oylarida parvozlarni bekor qiladi
Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi bir qator yo‘nalishlarda, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlarni to‘xtatmoqda. Cheklovlar 20-yanvardan 6-martgacha bo‘lgan davrga ta’sir qiladi. Yo‘lovchilarga chiptalar uchun pulni qaytarish yoki boshqa parvoz sanasini tanlash taklif qilindi.