Andijon viloyatida 300 mln dollarga toʻqimachilik klasteri qurilmoqda
Andijon shahrining Paxtaobod tumanidagi “Hayotbaxsh” mahallasida 55 gektar maydonda yangi sanoat obyekti barpo etiladi. Qurilishning birinchi bosqichini yaqin ikki oy ichida yakunlash rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan nazorat qilinadi.