Oʻzbekistonda oʻtgan yanvar oyi issiq va quruq keldi — Oʻzgidromet
Oʻzbekistonda oʻtgan yanvar oyi qish mavsumining eng sovuq oyi unvonini oqlamadi va nisbatan iliq boʻldi. “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, oʻrtacha oylik havo harorati meʼyordan 0,5−1 darajaga yuqori boʻldi. Yogʻingarchilik meʼyorning 50 foizidan kam boʻldi, bu esa 2025-yil yanvarini soʻnggi yillardagi eng qurgʻoqchil oylardan biriga aylantiradi.