
Armaniston parlamenti Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish toʻgʻrisidagi qonunni birinchi oʻqishda maʼqulladi
Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish jarayoni toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi, biroq muxolifat ikkiga boʻlindi. Hujjatni faqat hukmron fraksiya maʼqullagan, YEIga aʼzolik boʻyicha yakuniy qaror esa, bosh vazir Nikol Pashinyanning soʻzlariga koʻra, referendumda qabul qilinishi kerak.