Ba’zi fuqarolar uchun elektr energiyasi bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
O‘zbekistonda “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar” tanlovi o‘tkaziladi. Alohida o‘rnak ko‘rsatgan mikrorayonlarga pul ajratiladi va infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashiladi.
Toshkentda KIA va Tracker to‘qnashib ketdi, ulardan biri ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, huquq-tartibot idoralari xodimlari vaziyatni o‘rganmoqda.
Oltiariq tumanidagi gaz quyish shoxobchasida Damas yonib ketdi. Yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasi ishchilari va haydovchilar tomonidan tezda bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
O‘zbekistonda RITM-200N va VVER-1000 reaktorlariga ega atom elektr stansiyasining qurilishi markaziy hududlarni barqaror energiya bilan ta’minlaydi, energiya tizimining ishonchliligini oshiradi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga turtki bo‘ladi, dedi “O‘zatom” rahbari.
2026-yil aprel oyida “Davlat suv kadastri” tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. U turli idoralardagi ma’lumotlarni yagona bazaga birlashtirishi, axborot almashinuvini soddalashtirishi lozim.
14-oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim aholi gazdan uzildi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 23-28°, poytaxtda 25-27° bo‘ladi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi yetakchi mutaxassisi katta miqdorda pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
Toshkentda ta’mirlash uchun yopilgan 208-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. FVV qutqaruvchilari yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etgan, jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekistonda 1-noyabrdan yo‘lovchi deklaratsiyasini topshirish va IMEI-kodlarni to‘ldirish ilovasi ishga tushadi.Toshkent xalqaro aeroportida Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi tizimi va mobil ilova sinov tariqasida ishga tushirildi.
O‘zbekistonda litsenziyada ko‘zda tutilmagan xizmatlarni ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalari topildi. Tekshiruvlar qonuniy klinikalar faoliyatida ham ko‘plab qoidabuzarliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS tinchlikka erishganini aytdi. Oq uy rahbari harakat qurolsizlanish rejasini bajarishiga ishonch bildirdi.
Toshkentdagi maktabda besh nafar bola sinfdoshini kaltakladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mojaroda ishtirok etgan o‘quvchilarning ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi, maktab direktori va mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kelajakda gaz quyish shoxobchalari faoliyati cheklanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. “Hududgazta’minot” axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
“Toshkent metropoliteni” yerusti yo‘nalishining ochilish sanasini e’lon qildi. Avvalroq liniya taxminan 18-oktyabrdan o‘z ishini boshlashi mumkinligi, biroq sinov jarayonlarini yanada sifatli yakunlash, shuningdek, poyezdlar harakati tezligini ikki baravar oshirish va poyezdlar orasidagi intervallarni maksimal darajada qisqartirish maqsadida liniyaning ochilishi 1-noyabrga yaqin bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Samarqandda ikki kishi ukasini qimordan qaytarmoqchi bo‘ldi. Uni daraxtga bog‘lab, elektr kabellari bilan kaltaklashdi. U olgan jarohatlaridan vafot etgan.
13-oktyabrda O‘zbekistonning qator hududlarida chang-to‘zonlar kuzatiladi. Fuqarolardan ko‘chaga chiqishni cheklash va niqob taqish so‘ralgan.
O‘zbekiston prezidenti issiqxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport hajmini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Issiqxona xo‘jaliklarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida quyidagi imtiyozlar beriladi: 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston hududida hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 14-oktyabrda shimolda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-33°, ba’zi joylarda shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayadi, Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechasi 10-13°, kunduzi 25-28° bo‘ladi.
13-oktyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida gaz o‘chiriladi. Mutaxassislar rejalashtirilgan ishlarni amalga oshiradi.
Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan yo‘l bo‘yidagi 400 metr drenaj kanalini yopish va hosil bo‘lgan 60 sotix yer maydonida 8 ta savdo do‘koni qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 15 ming dollar talab qilgan. Amaldor jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Donald Tramp Xitoy tovarlariga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Chora Xitoyning harakatlariga qarab 1-noyabrdan yoki undan oldinroq kuchga kirishi mumkin.
11-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi, o‘rtacha shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zbekistonda 33 ta tuman va shahar “Yangi O‘zbekiston ruhi”dagi namunaviy hududlar bo‘ladi. Tanlangan hududlar qulay yashash va biznesni rivojlantirish uchun namuna bo‘ladi. Ularni rivojlantirish uchun byudjetdan 4 trln so‘m ajratiladi.
Quva tumanida Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yubordi.
O‘zbekiston prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qator takliflarni bildirdi. Davlat rahbari global beqarorlik sharoitida MDH formatining barqarorligi va zarurligini ta’kidlab, sa’y-harakatlarni hamkorlikning amaliy yo‘nalishlariga qaratishni taklif etdi.
Toshkentda gaz qisman o‘chirildi. Mutaxassislar rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirmoqda.
Ohangaron sudi prezident surati ostiga haqoratli izoh yozgan yigitning ishini ko‘rib chiqdi. U ikki yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Jizzax viloyati Forish tumanida o‘nlab bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.