Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish rejasini taqdim etdi

O‘zbekiston

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish uchun loyiha ofisi tashkil etiladi. Prezident maslahatchisi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonni 2025-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ko‘lami juda katta ekanligini va barcha belgilangan maqsadlarga erishish uchun barcha kuch sarflanishini ma’lum qildi.

23-dekabr kuni prezident raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida yozishicha, yig‘ilishda hududning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jumladan, investisiyalarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush sifati va daromadlarini oshirish choralari muhokama qilindi.

“Ushbu masalalar bo‘yicha bildirgan takliflarimizni ko‘rib chiqish asnosida davlat rahbari loyiha ofisini tashkil etish to‘g‘risida topshiriq berdi. Tuzilma uchta asosiy “o‘sish nuqtasi”: qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan”, — deya yozdi prezident maslahatchisi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.