Utair aviakompaniyasi bir nechta xalqaro reyslarni, shu jumladan Oʻzbekistonga ikkita yoʻnalishni amalga oshirish uchun ruxsatnomani yoʻqotdi. Bu haqda RBK Rosaviatsiya maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Bekor qilingan yoʻnalishlar orasida ilgari haftada uch marta amalga oshirilgan Tyumen va Surgutdan Samarqandga muntazam qatnovlar ham bor. Shuningdek, aviatashuvchiga Ufadan Tel-Avivga va Moskvadan Marokashga parvozlar taqiqlandi.
Tyumen - Samarqand qatnovi ilk bor 2024-yil aprel oyida yoʻlga qoʻyilgani maʼlum boʻlgan edi.