Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechqurun Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin.
Ertaga, 4-yanvar kuni O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
5 yanvar, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan qor yog‘adi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin.
Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +4...+8, qor yog‘ganda +1...+3 daraja bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 3-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +5...+7 daraja bo‘ladi. 4 yanvar kuni kechqurun, shuningdek, 5 yanvar kuni kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik, kechasi qor yog‘ishi kutilmoqda. 5 yanvar kuni kunduzi ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 0...-3, kunduzi +3...+6 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.