Toshkentda havo ifloslanishini monitoring qilish uchun uchta yangi avtomatik stansiya ishga tushirildi. Ular Zamin fondi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentligining (O‘zgidromet) “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘rnatildi.
O‘zbekistonda loyihani amalga oshirish boshlanganidan buyon monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma’lumotlar bazasiga jami 19 ta avtomatik stansiya ulangan.
Bu saytda ular binafsha rangda, uchta yangilari esa to‘q yashil rangda belgilangan. Ulardan biri “Uch qahramon” posti hududida, ikkinchisi “Zenit” zavodi hududida, uchinchisi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida o‘rnatilgan.