UzAuto boshqaruv raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston

UzAuto Sanoat`da ayrim kadrlar oʻzgarishi amalga oshirildi. Boshqaruv raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda boshqaruv raisining transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlariga yangi nomzodlar tayinlandi.

Фото: Коллаж / UzAuto Sanoat

UzAuto Sanoat boshqaruv raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.

Rahmonov Bahodirjon Solijonovich boshqaruv raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Muhamedov Diyor Raufovich esa boshqaruv raisining transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.


Diyor Muhamedov 1985-yilda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Avstriyaning Vebster universitetida bakalavr va G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida “Biznes-menejment” yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichini tugatgan.

Tayinlanishidan oldin “BYD Uzbekistan Factory” MCHJda moliya direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Diyor Muhamedov ish faoliyatini Toshkent shahar hokimligida 1-toifali iqtisodchi sifatida boshlagan, keyinchalik Moliya vazirligida bir qancha masʼul lavozimlarda ishlagan. Soʻngra u “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” qoʻshma korxonasida moliya boʻyicha bosh menejer va bosh direktor oʻrinbosari, shuningdek, “Humans” MCHJda moliya va kredit mahsulotlari boʻyicha direktor lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U oʻz sohasida katta tajribaga ega malakali mutaxassis hisoblanadi.

Bahodirjon Rahmonov 1989-yilda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Biznes-menejment” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Tayinlanishidan oldin “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatida Strategik rivojlanish va investitsiyalar departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Bahodirjon Rahmonov avtomobilsozlik sohasida katta tajribaga ega malakali mutaxassis. U turli lavozimlarda, jumladan, “GM Uzbekistan” yopiq aksiyadorlik jamiyatining taʼminotchilar sifati departamentida muhandis-texnolog, shu departamentda direktor vazifasini bajaruvchi, shuningdek, strategik rejalashtirish departamenti rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.