Turkiya Oliy sudi “Reyn” tungi klubidagi teraktni sodir etgan shaxsga 40 umrbod qamoq jazosi tayinladi

O‘zbekiston

39 kishini oʻldirishda va 79 nafar fuqaroning hayotiga suiqasd qilishda aybdor deb topilgan Oʻzbekiston fuqarosi Abdulgodir Masharipov ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan 40 umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. “Islom davlati” terrorchilik guruhi masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan terakt 2017-yil Yangi yil kechasida Istanbulda sodir boʻlgan.

Foto: CNN

Turkiya Oliy sudi Istanbuldagi “Reyn” tungi klubida sodir etilgan teraktda aybdor deb topilgan oʻzbekistonlik Abdulgadir Masharipovga nisbatan hukmni tasdiqladi. TASS maʼlumotlariga koʻra, mahkum 40 umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Sud Masharipovning iltimosnomasini rad etib, chiqarilgan hukmlarning qonuniyligini tasdiqladi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil sentyabr oyida Masharipov 39 kishini oʻldirishda va 79 fuqaroning hayotiga suiqasd qilishda aybdor deb topilgan edi. Sud uni ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan 40 umrbod qamoq jazosiga, shuningdek, bir qator moddalar boʻyicha 1 368-yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi.

Terakt 2017-yil 1-yanvarga oʻtar kechasi Ortakay tumanida sodir boʻlgan, oʻshanda hujumchi Reyn tungi klubida oʻt ochib, 39 kishini oʻldirgan. Ushbu jinoyat uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga oldi. Keyinchalik Masharipov Istanbulning tumanlaridan birida qoʻlga olingan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.