“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Parkentni Toshkent bilan bogʻlaydigan elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi boshlanganini eʼlon qildi.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Baytqoʻrgʻon – Parkent” temiryoʻl liniyasi loyihasining ishga tushirilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Yangi yoʻlning uzunligi 23,8 kilometrni tashkil etadi va loyihalashtirish bilan “Boshtransloyiha” AJ shugʻullanadi.
Qurilish doirasida 2 ta razyezd, 4 ta koʻprik, 2 ta yoʻl kesishmasi, 1 ta tunnel oʻtish joyi, 78 ta suv oʻtkazish inshooti hamda 7 ta avtomobil va temir yoʻl kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan.
Qurilish yakunlangach, yangi yoʻl Parkent tumanining xushmanzara togʻli hududlarida turizmni rivojlantirish uchun turtki boʻlishi kutilmoqda. Biroq ishlarni yakunlash muddatlari hozircha aniqlashtirilmagan.