Janubiy Sudanda Yuniti neft konidan uchib ketish paytida 20 kishining hayotiga zomin boʻlgan aviahalokat yuz berdi.
Reutersʼning Miraya radiosiga tayanib xabar berishicha, samolyot bortida 21 yoʻlovchi, jumladan uchuvchi va ikkinchi uchuvchi boʻlgan.
Halokatning rasmiy sabablari hozircha ochiqlanmagan. Janubiy Sudan axborot vaziri Maykl Makuey vaziyat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.
Soʻnggi yillarda mamlakatda bir nechta yirik aviahalokatlar sodir boʻldi. 2018-yilda Jubadan Yirolga uchayotgan samolyot qulashi oqibatida 19 kishi halok boʻlgan.