Tezkor tadbir “Toshkent-AERO” kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan masʼul idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Tadbirda Archi laqabli xizmat iti ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida poytaxtning Yunusobod tumanida tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan kuryerlik joʻnatmasini olgan fuqaro qoʻlga olindi. Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga koʻra, posilka tarkibida 886,426 gramm marixuana borligi aniqlangan.
Soʻnggi tezkor tadbirlar davomida yuqorida qayd etilgan fuqaroning Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi dachasida giyohvandlik laboratoriyasi aniqlangan.
Oʻtkazilgan tintuv natijasida chorbogʻda 200 tup marixuana, shuningdek, tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan 5 kg ga yaqin quritilgan modda musodara qilindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.