Oʻzbekistonliklar quyosh energiyasini sotishdan 12,2 mlrd soʻm ishlab topdi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston aholisi ortiqcha quyosh energiyasini sotishdan daromad topishda davom etmoqda. Ular 2024-yilda energiya tizimiga 12 mln kVt/soatni oʻtkazib, buning uchun 12,2 mlrd soʻm subsidiya olgan. Toʻlovlar boʻyicha Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston va Toshkent yetakchi boʻldi.

2024-yilda Oʻzbekiston aholisi mamlakat energetika tizimiga 12 million kVt/soat quyosh energiyasi yetkazib berdi va buning uchun 12,2 milliard soʻm subsidiya oldi, deb xabar berdi Soliq qoʻmitasi.

Ortiqcha “yashil” energiyani sotish dasturidan 10,8 ming kishi foydalandi. Eng koʻp toʻlovlarni Xorazm viloyati aholisi olgan — 2,8 milliard soʻm. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston (1,9 mlrd soʻm) va Toshkent (1,4 mlrd soʻm) yetakchi uchlikda.

Quyosh energiyasini sotish uchun subsidiyalar 2023-yil aprel oyidan beri berila boshlandi. Respublika aholisi tarmoqqa uzatilgan har bir kVt/soat uchun 1000 soʻm oladi. Toʻlovlarni Soliq mobil ilovasi orqali amalga oshirish va pullarni bank kartasiga oʻtkazish mumkin.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.