Isroil bosh vaziri HAMASga Gʻazoda jangovar harakatlarni qayta boshlash bilan tahdid qildi

O‘zbekiston

Isroil bosh vaziri agar Falastinning HAMAS harakati shanba kuni tushgacha barcha garovga olinganlarni ozod qilmasa, Gʻazo sektorida jangovar harakatlarni davom ettirishini aytdi.

Agar AQSH va Yevropa Ittifoqida terrorchi deb topilgan HAMAS guruhi 15-fevral, shanba kuni tushgacha isroillik asirlarni ozod qilmasa, Isroil Gʻazo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshlashga tayyor. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu maʼlum qildi.

Isroil va falastinliklar oʻrtasidagi sulhning birinchi bosqichi doirasida shanba kuni garovga olinganlarning toʻqqiz nafari ozod qilinishi kutilmoqda.

Ynet nashrining taʼkidlashicha, harbiylar mahkamasi oʻz qarori bilan AQSH prezidentining ultimatumini qoʻllab-quvvatlagan. Avvalroq Donald Tramp garovga olinganlar 15-fevral kuni tushgacha qaytarilmasa, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish rejimini bekor qilishni maslahat berishini aytgandi.

Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish rejimi yanvar oyi oʻrtalaridan beri amal qilmoqda. HAMAS dastlabki 42 kun ichida 33 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga vaʼda berdi. Isroil esa bunga javoban ikki mingga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilishi va Gʻazo sektoridan qoʻshinlarini olib chiqishni boshlashi kerak.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.