
Bojxonachilar Fargʻonaga deyarli 500 mln soʻmlik tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib kirishga urinishni toʻxtatdi
“Fargʻona aeroporti” bojxona posti xodimlari Istanbuldan qiymati 483 mln soʻmlik qariyb 600 gramm zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishning oldini oldi. Zargarlik buyumlarining bir qismi sumkada, bir qismi yoʻlovchi tanasida edi.