Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari davlat chegarasini ochdi

Dunyo

To‘rt yil davomida nazorat-o‘tkazish punktlari yopiq turgandi.

13-mart kuni Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Imomali Rahmon va Sidir Japarov 2021-yildan beri yopiq bo‘lgan davlat chegarasini videoga olib ochdi, deb yozadi TASS.

Chegara o‘tish joylarining rasmiy ochilishi Bishkekda bo‘lib turgan ikki davlat rahbarlari, shuningdek, nazorat-o‘tkazish punktlarida bo‘lib turgan ikki tomonning yuqori martabali shaxslari ishtirokida onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Chegaradagi bahsli hududlarda yashovchi fuqarolar o‘rtasidagi jiddiy mojarolar tufayli 2021-yilda chegarani yopishga qaror qilindi. Shu bilan birga, Dushanbe va Bishkek o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘xtatildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.