Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi qirg‘oqlarida o‘nlab o‘lik delfinlar topildi
2024-yil 15-dekabrdan 22-dekabrgacha Kubanda 10 ta halok bo‘lgan azovka delfini qayd etilgan. Novorossiyskdagi Aleksino plyajida, neft to‘kilgan joydan 60-70 kilometr uzoqlikda delfinlarning ommaviy qirg‘oqqa chiqishi aniqlandi. Mutaxassislar neft mahsulotlari bug‘lari bilan zaharlanishni dengiz hayvonlarining nobud bo‘lish sabablaridan biri deb hisoblamoqda.