![](/_next/image?url=https://vzglyad.uz/uploads/2025/02/11/888513f1-0e1e-4209-8848-1211782fa7c2.jpg&w=640&q=75)
Milliy bank biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat koʻchmas mulkiga 500 mlrd soʻm sarmoya kiritadi
Oʻzbekiston Milliy banki tadbirkorlarga qulay shartlarda ijaraga yoki lizingga berish uchun tijorat koʻchmas mulklarini sotib olishga 500 mlrd soʻm sarmoya kiritadi. Shuningdek, 4 trillion soʻmlik boʻsh turgan noturar joylar lizingga berilib, minglab ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.