
“Oʻzenergoinspeksiya” Oʻzbekiston biznesini sovuqda manzarali chiroqlar va peshlavhalarni oʻchirishga chaqirdi
“Oʻzenergoinspeksiya” keskin sovuq tushishi sababli biznesni elektr energiyasini tejashga undadi. Idora biznes elektr energiyasidan oqilona foydalanishi lozimligini eslatdi. Jumladan, yangi yil bezaklari, peshlavha va vitrinalarning yoritkichlarini oʻchirish kerak.