Blogerlar yo‘llardagi tezlikni targ‘ib qilishda davom etmoqda: bu safar Rayhona Abdullayeva voqealar markazida
“Ovoz” loyihasi ishtirokchisi, bloger Rayhona Abdullayeva Dubayda soatiga 150 km masofani bosib o‘tgani aks etgan videoni e’lon qildi. Keyin u Toshkentda ishlab topilgan jarimalari aks etgan fotosurat bilan “maqtandi”. Bu taniqli shaxslar bunday targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgan birinchi holat emas.