Shveysariya banki Gulnora Karimova ishi boʻyicha pul yuvishda ayblanmoqda
Shveysariyadagi Lombard Odier banki Oʻzbekiston birinchi prezidentining qizi, hozirda manzil-koloniyada jazoni oʻtayotgan Gulnora Karimova pullarini yuvishda ayblanmoqda. “Взгляд.uz” nashri maʼlumotlariga koʻra, Karimova ushbu xususiy bankda turli hisob raqamlarida 550 mln dollardan ortiq mablagʻ saqlagan.