Toshkentda bolalarni litsenziyasiz davolagan stomatologiya klinikasi aniqlandi
Toshkentda litsenziyasiz xizmat koʻrsatgan stomatologiya klinikasi aniqlandi. Tekshiruv davomida bolalarni davolash tibbiy standartlarga zid ravishda olib borilgani aniqlangan. Muassasaga nisbatan qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma berildi.