![](/_next/image?url=https://vzglyad.uz/uploads/2025/02/11/bfd40561-6fe5-4f13-99d9-62525a4ba335.jpg&w=640&q=75)
Oʻzbekiston korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan hududda joylashgan — Transparency International
Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksini eʼlon qildi. Oʻzbekiston 180 ta davlat orasida 121-oʻrinni egalladi va oʻtgan yilga nisbatan bir ball yoʻqotdi. Mamlakat korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan hududda qolmoqda.