
Shavkat Mirziyoyev nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini tasdiqladi
Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash xizmatlari tashkil etiladi. Sinov loyihasi 1-martdan boshlab bir nechta hududlarda ishga tushiriladi, oktyabrga kelib esa butun mamlakatni qamrab oladi. Ota-onalarga subsidiya berilib, bunday markazlarni tashkil etgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.