Samsung 800 nafar oʻzbekistonlikni ishga oladi

O‘zbekiston

Kelgusi yilda Oʻzbekistondan 800 nafargacha malakali mutaxassis Janubiy Koreyaning “Samsung Heavy Industries” korxonalarida taʼlim olib, ish bilan taʼminlanadi. Mutaxassislarga uch yillik E-7 ish vizasi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi xabar berishicha, kelgusi yilda Oʻzbekistondan 800 nafargacha malakali mutaxassis Janubiy Koreyaning Samsung Heavy Industriyes korxonalarida taʼlim olib, ish bilan taʼminlanadi.

Oʻzbekistonliklarni ish bilan taʼminlash masalasi agentlik rahbari Jahongir Xidoyxoʻjayev va Samsung Heavy Industriyes kompaniyasining inson resurslarini boshqarish boʻlimi rahbari Jin-ho Be oʻrtasida muhokama qilindi.

Mutaxassislarga uch yillik E-7 ish vizasi beriladi. Uni olish uchun nomzodning maʼlumoti va ish tajribasi kompaniya faoliyati yoʻnalishiga mos kelishi shart.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.