“Toshkent” respublika fond birjasi 10-dekabrdan boshlab OʻzElektroterm AJning qimmatli qogʻozlari savdosini toʻxtatadi. Bu haqda savdo maydonchasi portalida eʼlon berildi.
OʻzElektroterm MCHJga aylantirilishi munosabati bilan kompaniyaning oddiy va imtiyozli aksiyalari savdosi toʻxtatiladi.
OʻzElektroterm 1994-yil kuzida tashkil etilgan. Korxona poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.