“Oʻzbekiston temir yoʻllari” 40ta tezyurar poyezd xaridini rad etdi

O‘zbekiston

Avvalroq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan poytaxtdan yirik shaharlarga qatnaydigan 40 ta tezyurar poyezd xarid qilish boʻyicha tender oʻtkazilgani haqida maʼlumot berilgandi. Aksiyadorlik jamiyati bu maʼlumotni “eskirgan” deb rad etdi.

Foto: railway.uz

Avvalroq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” “Oʻzbekiston 24” telekanalining reportajini havola qilib, 40 ta tezyurar elektropoyezd xarid qilish boʻyicha tender eʼlon qilgani haqida yozgan edik. Biroq, aksiyadorlik jamiyati bu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

“Bu maʼlumotlarni tarqatuvchi manbalar eskirgan maʼlumotlardan foydalanmoqda. Aslida, tender haqidagi ushbu eʼlon bir necha yil oldin eʼlon qilingan va allaqachon oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Ayni paytda ”Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ tomonidan bunday tender oʻtkazilmayapti.

Taʼkidlash joizki, maʼlumotlar ”eskirgan" boʻlsada, Oʻzbekiston 40 ta tezyurar poyezdni koʻrmadi.

Mavzuga oid materiallar