Toshkentdagi asosiy yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda oʻrnatiladi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, u 25-dekabrdan 10-yanvargacha soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi.
Bundan tashqari, bayram tadbirlari quyidagi joylarda oʻtkaziladi:
Bektemir tumani: “Food City” majmuasida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha;
Mirobod tumani: Furqat bogʻida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha;
Mirzo Ulugʻbek tumani: Central Parkda — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 22:00 gacha;
Sergeli tumani: markaziy xiyobonda — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha;
Olmazor tumani: Talabalar shaharchasida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha;
Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bogʻida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 22:00 gacha;
“Tashkent City” bogʻida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 22:00 gacha;
Uchtepa tumani: “Seul” ekoparkida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha;
Chilonzor tumani: Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bogʻida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 22:00 gacha;
“Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydonda — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 22:00 gacha;
“Magic City” bogʻida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 22:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha;
Yashnobod tumani: “Ashxobod” bogʻida — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 11:00 dan 20:00 gacha;
Yangihayot tumani: Mehrigiyo koʻchasida (savdo va xizmat koʻrsatish hududida) — 25-dekabrdan 10-yanvargacha, soat 13:00 dan 19:00 gacha.