Oʻzbekistonda elektromobil importi keskin koʻpaydi

O‘zbekiston

2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 202,7 million AQSH dollari qiymatidagi 20 190 ta elektromobil import qildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 730 taga oshgan.

2024-yilning 10 oyi davomida Oʻzbekistonga umumiy qiymati 202,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan 20,2 ming dona elektromobil kirib keldi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Elektromobillarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy boʻlib, uning ulushiga koʻpchilik - 20 082 ta toʻgʻri keldi.

Qozogʻistondan 51 ta, Gonkongdan 17 ta va Germaniyadan 14 ta elektromobil keltirildi. Birlashgan Arab Amirliklari va AQSHdan oʻn donadan import qilindi.

Mavzuga oid materiallar