“Bankir” Telegram kanal xabar berishicha, Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimini egallab kelgan Mamarizo Nurmuratov isteʼfoga chiqmoqda.
Telegram kanalning qoʻshimcha qilishicha, “Uning oʻrniga boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Saydullayev tayinlanishi kutilmoqda”.
Jizzax viloyatida tugʻilgan Nodirbek Saydullayev 2022-yil oktyabr oyidan beri boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. Bundan oldin u “Asakabank” boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozircha bu borada rasmiy maʼlumot yoʻq. Markaziy bank matbuot xizmati tahririyatlarning soʻrovlariga javob bermayapti.
Keyinroq prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatiga Nurmuratovni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritganini tasdiqladi.