Nazarbekov Qirgʻiziston xalq artisti unvoniga sazovor boʻldi

O‘zbekiston

Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga “Qirgʻiziston Respublikasi xalq artisti” unvonini topshirdi.

Foto: Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati

Sadir Japarov Oʻzbekiston madaniyat vaziriga “Qirgʻiziston Respublikasi xalq artisti” unvonini berdi. Prezident bu haqidagi farmonni sentyabr oyidayoq imzolagan edi.

Ozodbek Nazarbekov madaniy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun bu sharafli unvonga sazovor boʻldi.

15-dekabr kuni Qirgʻiziston milliy filarmoniyasida Nazarbekov ishtirokida musiqiy kecha oʻtkaziladi.

Shuningdek, xabarlarga koʻra, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbekiston milliy musiqa sanʼati institutining “Anʼanaviy maqom ijrochiligi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Farangiz Nuriddin qizi Mahmudovaga “Qirgʻiziston Respublikasining xizmat koʻrsatgan artisti” faxriy unvoni berildi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.