Beshyogʻoch koʻchasidagi taʼmirlash ishlari 12 kunga uzaytirildi

O‘zbekiston

Toshkentda 22-noyabrdan 10-dekabrgacha Furqat va Beshyogʻoch koʻchalarida harakat cheklovlari joriy etildi. Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Beshyogʻoch uchastkasida taʼmirlash ishlari 22-dekabrga qadar uzaytirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aholi Beshyogʻoch koʻchasiga eʼtibor qaratgani, u yerda hali ham yuqori voltli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yotqizish boʻyicha taʼmirlash ishlari yakuniga yetmagani aks etgan video tarqaldi.

Avvalroq Toshkent shahrida 22-noyabr soat 00:00 dan 10-dekabrgacha ushbu uchastkada harakat cheklovlari joriy etilishi xabar qilingandi.

Mintaqaviy elektr tarmogʻi matbuot xizmati “Взгляд.uz” soʻroviga koʻra, taʼmirlash ishlari 90 foizga yakunlanganini maʼlum qildi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Beshyogʻoch uchastkasidagi ishlar 22-dekabrga qadar uzaytirildi.

“Bunday ob-havo sharoitida bajarib boʻlmaydigan payvandlash ishlari qoldi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid materiallar