Parlament quyi palatasiga “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi kiritildi, unda mehnat huquqlari tengligi, mehnat va bandlik sohasida kamsitish, tazyiq va zoʻravonlikni taqiqlash tamoyillari takomillashtirilmoqda, deb yozadi OʻzA.
Loyihada ishlovchi erkaklarga bola tugʻilganda turmush oʻrtogʻiga yordam berish va boshqa bolalarni parvarish qilish uchun qisqa muddatli haq toʻlanadigan taʼtil berilishiga oid normalar taklif etilmoqda.
Deputat Nodir Tilavoldiyevning soʻzlariga koʻra, shu paytgacha milliy qonunchilikda bunday taʼtillar nazarda tutilmagan, shu sababli erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uygʻunlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelgan yoki taʼtilni oʻz hisobidan olishga majbur boʻlgan.