Audi Belgiyadagi zavodini yopadi: Q8 e-tron endi ishlab chiqarilmasligi mumkin

Texno

28-fevralda ishlab chiqarish to‘xtaydi deb xabar bermoqda Reuters. Aynan Bryusselda Q8 e-tron va Q8 e-tron Sportback ishlab chiqarilmoqda.

Foto: audi-mediacenter.com

Audi kompaniyasining Bryusseldagi zavodi kelasi yilning 28-fevraliga qadar ishlab chiqarishni to'xtatadi, dedi Audi vakili Piter D'Hour.

“Bryusseldagi zavodni yopish qarori og'riqli. Shaxsan men uchun bu professional faoliyatim davomida qabul qilishim kerak bo‘lgan eng qiyin qaror edi”

dedi Audi AG boshqaruv kengashi a’zosi va ishlab chiqarish bo‘yicha rahbar Gerd Uoker.

Foto: audi-mediacenter.com

Audi allaqachon hashamatli EV segmentida talabning kamayishi sababli Q8 e-tron va uning yanada nafis Sportback variantini to'xtatishi mumkinligiga ishora qilgandi.

Belgiya ommaviy axborot vositalarida oktyabr oyida Xitoyning elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi Nio ushbu zavodga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq Nio bosh direktori William Li kompaniyaning zavodni sotib olish rejasini rad etdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.