Twitter foydalanuvchilaridan biri Samsung Galaxy S25 Plus smartfonining rasmiy taqdimotidan oldingi suratlarini chop etdi. Suratda qurilma ilk bor yoqilgan holatda koʻrsatilgan.
Smartfon kumush rangdagi yon ramkali qora rangda taqdim etilgan. Yopishtirmaga koʻra, ushbu qurilmadagi asosiy kamera moduli ishlamaydi. SM-936U belgisi bilan koʻrsatilgan model bu Amerika bozori uchun versiya ekanligini bildiradi. Biroq hozircha protsessor haqida maʼlumot yoʻq.
Suratlarda yon ramkaning pastki qismida gʻayrioddiy element ham koʻzga tashlanadi. Dastlab, uni iPhone 16ʼdagi kabi kamera zatvorini tushirish tugmasi deb oʻylash mumkin, ammo aslida bu 5G NR (mmWave) uchun antennadir.
Samsung Galaxy S25 turkumi rasman 2025-yil yanvar oyida taqdim etiladi. Barcha qurilmalar Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlanishi kutilmoqda.