O‘zbekistondan meva-sabzavot eksporti 30 foizga o‘sdi

O‘zbekiston

O‘zbekiston 11 oy davomida 1,4 milliard dollarlik sabzavot va mevalar eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foiz ko‘p. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy xaridori Rossiya bo‘lib, uning ulushi barcha yetkazib berishlarning 42,1 foizini tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 11 oyda 1,4 milliard dollarlik sabzavot va meva eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foiz ko‘p.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy xaridori Rossiya bo‘lib, uning ulushi barcha yetkazib berishlarning 42,1 foizini tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston va Pokiston egalladi — mos ravishda 12,7% va 12,6%.

Yetkazib berilgan barcha sabzavot va mevalarning 8 foizi Afg‘onistonga, 6,6 foizi esa Xitoyga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston asosan uzum — 174,7 million dollar, shaftoli - 96,9 million dollar, piyoz — 65,6 million dollar qiymatida eksport qilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.