Toshkent metrosi yangi yil kechasida yo‘lovchilarga odatdagidan ikki soat ko‘proq xizmat ko‘rsatishini metro matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Toshkent metrosi birinchi marta 31-dekabr kuni ertalab soat 05:00 dan 1-yanvar kuni tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ya’ni, metro bekatlarining ish vaqti odatdagi jadvalga nisbatan ikki soatga uzaytirilgan”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kunlari metro poyezdlari harakati jadvali bilan bog‘liq rejali ishlar amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumotlar keyinchalik taqdim etiladi.
Odatdagi jadvalga ko‘ra, Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari ertalab soat 05:00 dan kechasi soat 00:00 gacha ishlaydi.