O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi. Uning asosiy vazifasi mamlakat prezidenti uchun ichki va tashqi siyosat bo‘yicha hujjatlar va takliflar tayyorlashdan iborat bo‘ladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
Kengash respublika prezidentining “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda. Hujjat 31-dekabr kuni qabul qilingan.
Kengash mamlakatdagi barcha strategik tadqiqotlar jarayonlarini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Uning tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ekologik kun tartibi, tashqi siyosat va xavfsizlik masalalariga mas’ul bo‘lgan oltita ishchi guruhi tuziladi.