O‘zbekiston 2024-yilning noyabr oyida oltin zaxirasini 9 tonnaga to‘ldirdi

O‘zbekiston

O‘zbekiston oltin zaxiralarini ko‘paytirib, xaridlar hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2024-yil noyabr oyida mamlakat Markaziy banki 9 tonna oltin sotib olib, iyul oyidan beri birinchi marta zaxiralarini oshirdi. Zaxiralarni 21 tonnaga ko‘paytirgan Polsha xaridlar bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Foto: Bloomberg

Butunjahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki 2024-yil noyabr oyida 9 tonna oltin sotib olib, iyul oyidan beri birinchi marta zaxiralarni ko‘paytirdi. Mamlakat xaridlar hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Polsha oltin sotib olish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi va o‘z zaxirasini 21 tonnaga to‘ldirdi. Eng yirik xaridorlar uchligiga 8 tonna qimmatbaho metall sotib olgan Hindiston ham kirdi. Oltin zaxiralarini to‘ldirgan boshqa davlatlar orasida Qozog‘iston va Xitoy (5 tonnadan), Iordaniya (4 tonna), Turkiya (3 tonna), Chexiya (2 tonna) va Gana (1 tonna) bor.

Shu bilan birga, 5 tonna qimmatbaho metallni sotgan Singapur eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi.

2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 41,4 milliard dollarga yetdi. Oltin hajmi 12,3 million troya unsiyasini tashkil etib, 32,7 milliard dollarga baholandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.